2022 yil 25 yanvar kuni soat 11:00 da Respublikamiz elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatilganligi sababli, “O`zbekneftgaz” AJning ob`ektlarida elektr energiya kuchlanishida uzilish kuzatilgan. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, “O`zbekneftgaz” AJ tasarrufida Gazli, Sho`rtan va Muborak NGQChBlardagi 64 ta konlar vaqtincha faoliyatini to`xtatgan, Ustyurt GQChBda muqobil elektr energisi mavjudligi sababli ishlamoqda.
Ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan korxonalardan – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 3 ta gazni qayta ishlovchi zavod (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho`rtan gaz kimyo majmuasi va “Uzbekistan GTL”) faoliyatini to`xtatdi va elektr energiya berilishi bilan ularni ish rejimiga tushirish grafiklari ishlab chiqildi hamda Vaqtinchalik Shtab tashkil etilgan.
Ta`kidlanishicha, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholiga suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarini uzluksiz etkazib berilmoqda.
14 ta neft bazada va Toshkent shahrida dizel yoqilg`isi va benzin mahsulotlarini tizimli etkazib berilmoqda va 29 ta mobil yoqilg`i quyish shaxobchalari ish faoliyatini boshladi.
Bundan tashqari, Neft bazalarga barcha korxona va tashkilotlarga kechagi kungi o`rtacha birja narxidan kelib chiqib benzin va dizel yoqilg`isini to`g`ridan-to`g`ri sotish topshirig`i berildi. Bugungi kunda 47 ming tonna benzin (20 kunlik), 144 ming tonna (4 oylik) dizel yoqilg`isi zahirasi mavjud.
Shuningdek, sog`liqni saqlash muassalari alohida nazoratga olinib, qaerda dizel yoqilg`isida uzilishlar bo`lsa, Neft bazalar uzluksiz etkazib berilishi choralari ko`rildi.
“O`zbekneftgaz” AJ tizim korxona va tashkilotlari o`zlariga yuklatilgan vazifani so`zsiz bajarish bo`yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.
Hozirda, “O`zbekneftgaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “O`zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJning tegishli mutaxassislari hamkorligida yuzaga kelgan holatni bartaraf etish bo`yicha tezkor ishlarni amalga oshirilmoqda.
“O`zbekneftgaz” AJ tomonidan qo`shimcha rasmiy ma`lumotlar berib boriladi.