AsosiyJamiyat

Mehmonxonalarda nogironlarga mos maxsus xonani jihozlash bo`yicha yangi talablar o`rnatildi

'Mehmonxonalarda nogironlarga mos maxsus xonani jihozlash bo`yicha yangi talablar o`rnatildi'ning rasmi

Joylashtirish vositalari va ularda taqdim etiladigan xizmatlarga doir umumiy talablarni belgilovchi O‘z DSt 3220:2017 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar”va O‘z DSt 3296:2018 “Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va o`xshash joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi” davlat standartlariga tegishli hukumat qarorlariga muvofiq o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Jumladan, davolash muassasalariga qo`yilgan talablar engillashtirilgan. Endilikda klinikalar hududi atrof o`ralishi va qo`riqlanishi, bagaj saqlash uchun xona mavjud bo`lishi, vaqtinchalik foydalanish uchun inventarlar taqdim qilish talablari bekor qilingan.

O`zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi Qonunning 25-moddasiga muvofiq mehmonxona va o`xshash joylashtirish vositalarida nogironlar uchun sharoitlari bo`lgan kamida bitta xonaning mavjud bo`lishi hamda xonani jihozlash bo`yicha talablar kiritilgan.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish va ular xavfsizligini ta`minlash maqsadida mehmonxona va o`xshash joylashtirish vositalarida elektron dastur bilan integrasiyalashgan elektron kalitli (plastik magnit karta) elektron qulflar va “Xavfsiz turizm” va “Xavfsiz shahar” tizimlari bilan integrasiyalashgan videokuzatuv tizimlarini mavjud bo`lishi talablari joriy qilingan. Ushbu talablar 2022 yil 3 yanvardan amalda kuchga kirdi.

Yuqoridagi qarorga muvofiq, mehmonxonalarda mijozlarga qo`shimcha qulaylik yaratish, hamda qo`shimcha pul tushumini oshirish maqsadida uch va undan yuqori toifali mehmonxonalarda milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanadigan do`konlar va savdo shahobchalarini tashkil qilish talabi ham joriy qilingan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar