AsosiyJamiyat

1 fevraldan boshlab qonunchilikda qanday o`zgarishlar bo`ladi?

'1 fevraldan boshlab qonunchilikda qanday o`zgarishlar bo`ladi?'ning rasmi

Adliya vazirligi 2022 yil 1 fevraldan kutilayotgan qonunchilikdagi o`zgarishlar haqida ma`lumot berdi. 

1. Jismoniy shaxslarga o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida o`z xonadonida baliq etishtirishni yo`lga qo`yishga ruxsat beriladi.

2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig`ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan sub`ektlar uchun:

  • foyda solig`i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag`lardan olingan foizlardan tashqari);
  • yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i;
  • yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

2. Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar elektron tizim orqali aniqlanadi.

Hukumatnig 26-son qaroriga asosan “Mehr daftari”ga kiritilgan etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga oid ma`lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-81-son qaroriga ko`ra, 2022 yil 1 fevraldan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, tegishli ro`yxatda keltirilgan va o`z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.
4. Yangi hokim o`rinbosari lavozimi joriy etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-76-son qaroriga ko`ra, 2022 yil 1 fevraldan boshlab:

viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Shuningdek, Prezident qarorida Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimi kiritilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar