Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 1940 yilda tug`ilgan, mahalliy aholiga mansub fuqaroning uyidagi omborxonasida 1 kilogramm 500 grammdan ortiq miqdordagi «marixuana» giyohvand moddasi yashirib qo`yilgani aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





