Qozog`iston joriy yilning 25 yanvar kuni Markaziy Osiyoning yagona elektr tarmog`ida kuzatilgan yirik uzilishga O`zbekistondagi IESda yuz bergan qisqa tutashuvni sabab qilib ko`rsatmoqda.
“Tengrinews”ning xabar berishicha, Sirdaryo IESda avariya yuz berib, stansiyaning 4 ta energetika bloki ishdan chiqqan. Bu Qozog`iston energetika tizimidagi yukning oshishiga olib kelgan.
“O`zbekistonda 2022 yil 25 yanvar kuni soat 10:59 (Toshkent vaqti bilan)da Sirdaryo IESda qisqa tutashuv tufayli 6 ta energoblok o`chirildi, 1500 megavattdan ortiq umumiy ishlab chiqarish quvvati yo`qoldi va elektr quvvati taqchilligi kuzatildi. O`zbekiston energetika tizimida yuzaga kelgan elektr quvvati taqchilligi Qozog`iston energetika tizimidan ruxsatsiz elektr energiyasini uzib qo`yishga olib keldi. Natijada, 500 kilovoltlik tranzit uchun quvvat ko`tarilib, uning ortiqcha yuklanishi kuzatildi. Energetika uskunalari shikastlanishining oldini olish va mamlakatning janubiy viloyatlarini avtomatlashtirish harakati bilan to`liq qutqarish maqsadida Olma-ota, Jambil, Turkiston va Qizilo`rda viloyatlarini alohida ishlashga o`tkazish bilan tranzit taqsimoti yuzaga keldi”, – degan Qozog`iston elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi (KEGOC) boshqaruvi raisining o`rinbosari Baxitxon Jaziqboev..
Eslatib o`tamiz, avvalroq Energetika vazirligi Matbuot xizmati O`zbekistonda yuzaga kelgan elektr uzilishlariga Qozog`iston Respubliksi elektr tarmog`idagi katta avariyani sabab qilib ko`rsatgan edi.
Unga ko`ra, 25 yanvar kuni soat 10:57 da Qozog`iston Respubliksi elektr tarmog`ida katta avariya bo`lishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eenergiya ta`minotida o`chishlar yuzaga keldi.
Buning natijasida Qirg`iziston elektr tarmog`ida, jumladan Bishkek, O`sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o`chishi kuzatildi.
Yagona elektr tarmog`iga ulangan O`zbekiston elektr tarmog`i bu avariyaning salbiy ta`siri natijasida Qozog`istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin o`zgarishi oqibatida Toshkent IESi, Sirdaryo IESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda o`chishiga olib kelgan.






