Kuni kecha «Inter expo Tashkent» kompaniyasi tashabbusi bilan «Mening yurtim» telekanali orqali efirga uzatilayotgan «Muhabbat tafti» seriali bosh qahramoni, bugungi kunda O`zbekistonda hind aktyori Shohruhxondan ham mashhur bo`lgan Barun Sobti (Arnav Singx) o`zbekistonlik muxlislari davrasida ijodiy uchrashuvda bo`ldi.
«Radisson Sas» mehmonxonasidagi uchrashuvni ijodiy uchrashuv ham deb bo`lmadi. Boisi, minglab muxlislar uni ko`rish uchun tashrif buyurib, tinchlikni saqlay olishmadi. Faqat qiy-chuv, kichik muxlislarning yig`isi, kattalarni savol yo`llash borasidagi ishtiyoqlari orqali yuzaga kelgan baqir- chaqirlar bilan o`tdi.
Unga ovqat pishirishidan tortib, nechi yoshda sevib qolganigacha turli mavzularda savollar yullashdi.
Barun hayron! Oddiy serial orqali O`zbekistonda shuncha muxlis va muxlisalari borligidan boshi osmonga etgan bo`lsa kerak.
Tadbir so`nggida tashkilotchilarning tinchlik saqlang, hali ancha suxbatlashamiz deyishlariga qaramay yig`ilganlar sovg`a-salom yo`llashda davom etishdi, qo`riqchilarni ortda koldirib, suratga tushishdi, dastxat olishga yopirilishaverdi. Ohir-oqibat aktyor qo`riqchilar qurshovida qochib qutuldi.
Shu kunning o`zida u «To`ylar muborak» to`y va oqshom liboslari modalar namoyishida ham ishtirok etdi.
Dizaynerlarimizning ishlarini tomosha qilayotgan aktyorni fanatlar o`sha erda ham dastxat berib o`tirishga majbur qilishdi.
Mening fikrimcha, u bu kabi fanatlari bor yurtga yana qaytsa kerak, yoki…
Yodgorbek YuKSAL
Aktyor bilan intervyuni "Darakchi" gazetasining navbatdagi sonida o`qishingiz mumkin!