Xorazm viloyati Urganch tumanida 27 yanvar kuni ikki nafar yollanma ishchi yong`in oqibati halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi.
Unda ma`lum qilinishicha, soat 11:00 da, “Cholobod” mahallasi hududida joylashgan ko`p qavatli uylarning qurilishida yollanma ishchi bo`lib ishlab kelayotgan, 1962-yilda tug`ilgan G.O. va 1960-yilda tug`ilgan G.E.lar ko`p qavatli uyning erto`lasida temir kesadigan uskunadan foydalanayotgan paytida kelib chiqqan qisqa tutashuv natijasida sodir bo`lgan yong`in sababli erto`lada vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.