1

Internetda Toshkentni eng yomon shaharlar ro`yxatidan chiqarish tashabbusi ilgari surildi

Jamiyat 23.05.2016, 12:55
Teglar: Internet, Toshkent, Facebook
Internetda Toshkentni eng yomon shaharlar ro`yxatidan chiqarish tashabbusi ilgari surildi

Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi talqiniga ko`ra, Toshkent shahri hayot sifati eng yomon bo`lgan shaharlar reytingida 26-o`rinni egalladi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.

Reytingda jami 33 ta shahar ishtirok etgan. Mazkur reyting Buyuk Britaniyada chop etiladigan The Independent nashrida chop etilgan.  

G`arbiy ommaviy axborot vositalari Toshkent shahrining chet elliklar yashashi uchun eng xavfli shaharlar ro`yxatiga kiritilishi uchun o`tgan yili AQSh elchixonasiga noma`lum shaxs hujum qilganini asos sifatida ko`rsatmoqda. Bundan tashqari, reytingdan joy olgan shaharlarni tanlab olishda mazkur shaharlardagi ta`lim, tibbiy va boshqa turdagi xizmat ko`rsatish sifati ham inobatga olingan.  

Reytingga Toshkentdan tashqari O`rta Osiyo mamlakatlari poytaxtlaridan Ashxobod, Bishkek va Dushanbe ham o`rin olgan. Yashash uchun eng xavfli shaharlar reytingining birinchi o`rinini Iroq poytaxti Bog`dod shahri, eng so`nggi o`rinni esa Tanzaniya poytaxti Dor-us-Salom egallagan.  

“Sauses.com”  saytida Toshkent shahrini yashash uchun eng yomon shaharlar ro`yxatidan chiqarish uchun petisiya chop etildi. Petisiya muallifi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sherzod Shermatov bo`ldi.  

“Mercer va Independent nashrlari, dunyodagi eng osoyishta va yashash uchun xavfsiz bo`lgan shahar—Toshkent haqida noxolis fikrni shakllantirmang!”,—deyiladi murojaatda.

“Buyuk Britaniyaning Independent degan nashri dunyoning 33 ta yashash uchun eng yomon shaharlari deb chiqarib, Toshkentni 26chi o`rinda ko`rsatgan. Asosiy sabab Toshkentda oxirgi paytda teraklar ko`p bo`layapti va hatto AQSh elchixonasiga hujum uyushtirilgandi deb ta`kidlab o`tgan

Bu albatta g`irt yolg`on xabar ekanligini bilamiz, lekin, afsuski, chet elliklar shunga o`xshagan xabarlarga ko`proq ishonib, Toshkent haqida noxolis fikrga ega bo`lib qolishadi.

Hukumatimiz tomonidan hozirgi vaqtda turizmni rivojlantirishga hamda xorijiy ekspertlarni davlat korxonalariga jalb etishga shuncha harakat bo`layotgan davrda bu kabi yolg`on xabarlarni salbiy oqibatlarini kamaytirishga o`z hissamizni qo`shaylik!

Ushbu masalada ommaviy norozilik bildirib Toshkentni bunday yomon ro`yxatdan olib tashlash uchun quyidagi onlayn petisiya yaratildi. Toshkentning xalqaro imidjiga befarq bo`lmagan barcha insonlarni ushbu havola orqali o`tib petisiyani ma`qullashlarini so`rayman”,— deydi Sherzod Shermatov.

Maqolani yozish chog`ida petisiyani 114 kishi qo`llab-quvvatlagan edi.

 

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1