2022-yilning 31-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog`ida O`zbekiston-Pokiston strategik sherikligining bugungi holati va tomonlarni qiziqtirgan sohalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlari o`rtasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.
Turli darajadagi bo`lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali ko`rib chiqildi.