Toshkent shahridagi “Bunyodkor” va “O`zbekiston” metro bekatlarini bog`lovchi ko`cha ta`mirlash ishlari sabab vaqtincha yopib qo`yildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda mazkur ko`chaga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Bu holat esa “Novza” metro bekati, Qoratosh mavzesi va “Muqimiy” teatridan “Istiqlol” san`at saroyi tomonga kelayotgan avtomobillarning tirbandligiga sabab bo`lmoqda.
Yo`lni ta`mirlash ishlari qachongacha davom etishi hozircha noma`lum. Toshkent shahar hokimiyati ma`muriyati yo`lni ta`mirlash ishlari o`tkazilishi haqida haydovchilarni oldindan ogohlantirsa, maqsadga muvofiq bo`lar edi.
NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI KO`ChIRILADIhttps://t.co/2mPdFI68nG pic.twitter.com/RTsNw2I8LL
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 23 maya 2016 g.