1

Hozir yoshlar ongini zaharlayotgan ham, kuch berayotgan ham musiqa — Jenisbek Piyazov

Madaniyat 03.02.2022, 17:20
Hozir yoshlar ongini zaharlayotgan ham, kuch berayotgan ham musiqa — Jenisbek Piyazov

"Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori e`lon qilindi. O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Jenisbek PIYaZOV qaror yuzasidan fikr bildirdi.

Jenisbek PIYaZOV, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti:

– O`tgan yilning o`zida Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida Opera va baxshichilik maktab-internati ochildi. U erda hozir 20 nafardan ortiq bola musiqa bilan shug`ullanayapti. Ularning 12 nafari opera yo`nalishi bo`lsa, 12 nafari baxshichilik yo`nalishi bo`yicha tahsil olishmoqda.

«Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qaroriga asosan nafaqat simfonik orkestri, balki maqom ansabllari, estrada orkestrlarining barchasi O`zbekiston bo`ylab konsert berib, repertuarini yangilab boradi.

Eng asosiy kuch musiqa hisoblanadi. Hozir yoshlar ongini zaharlayotgan ham, kuch berayotgan ham musiqa. Biz kuch beradigan tomonda turishimiz kerak. Tashqaridan kirib kelayotgan salbiy musiqiy oqimga o`zimizning maqom, folklor, baxshichilik, simfonik orkestrlarimiz bilan qarshi turib berishimiz kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1