AsosiyJamiyat

Davlat ekologiya qo`mitasi raisi Yunusobod tumanidagi daraxt ekilgan uchastkani 24 soat nazoratga olishni buyurdi

'Davlat ekologiya qo`mitasi raisi Yunusobod tumanidagi daraxt ekilgan uchastkani 24 soat nazoratga olishni buyurdi'ning rasmi

Kecha poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Shaxriston va A. Temur ko`chalari kesishmasida daraxtlarning tag qismi beton qilinganligi, so`ng tagi betondan tozalanganligi  yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Qo`mita axborot xizmati xabar berishicha, qo`mita raisi N.Oblomuradov joyiga chiqib, holat bilan yaqindan tanishdi. Ekologiya, Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida mazkur hududda navbatchilik tashkil etilib, 24 soat nazoratga olish vazifasi topshirildi.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar