AsosiyJamiyat

Jizzaxda o`zini osib o`ldirgan maktab bosh hisobchisi bo`yicha ma`lumot berildi

'Jizzaxda o`zini osib o`ldirgan maktab bosh hisobchisi bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Jizzaxda 2019 yilda marhum O.Toshboltaevning molxonada osilganligi haqida xabar yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi ma`lumot berdi

Ma`lum bo`lishicha, Jizzax shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli 22-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining (IDUM)  2010-2019 yillardagi moliyaviy xo`jalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftish o`tkazilib, taftish natijasiga ko`ra, IDUM mansabdor shaxslari tomonidan 159.300.112 so`mlik byudjet mablag`lari o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilgan.

22-sonli IDUM bosh hisobchisi O.Toshboltaev 21.11.2019 yilda o`z hovlisining yordamchi xonasida osilgan holda topilganligi holati yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, natijasiga ko`ra uning o`limida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi bo`lmaganligi sababli, 20.12.2019 yilda O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Jinoyat ishining O.Toshboltaevga nisbatan qismi uning vafot etganligi sababli 30.06.2020 yilda O`zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.  

Jinoyat ishining 22-sonli IDUM direktori D.Sadriddinovani ayblashga doir qismi, uning birinchi marta uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etganligi, aybiga to`liq iqrorligi, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon bo`lib, etkazilgan moddiy zararni to`liq qoplaganligi sababli, 30.06.2020 yilda O`zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 5-qismi 2-bandiga asosan uning ayblilik masalasini hal qilmasdan turib tugatilgan.

Tergov harakatlari natijasiga ko`ra, 22-sonli IDUM direktorining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosari U.Yo`ldoshev O`zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “a,b,v,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblanib, jinoyat ishi sudga yuborilgan va unga nisbatan jinoyat ishlari bo`yicha Jizzax shahar sudining 24.09.2020 yildagi hukmi bilan qonuniy jazo chorasi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar