AsosiyJamiyat

"O`zbekistonga juda iliq havo kirib kelmoqda". Dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'"O`zbekistonga juda iliq havo kirib kelmoqda". Dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni ko`p yillik qiymatlardan 5-7o ga yuqori bo`ladi. Bugun kunduz kuni havo 12-14o iliqgacha, ba`zi joylarda 16-18o iliqgacha isiydi.

Ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17o iliqgacha, ba`zi joylarda 20-22o iliqgacha ko`tariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.

Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakatimiz bo`yicha yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, harorat kunduz kuni 4-9o iliqgacha, shimolda 0-5o iliqgacha pasayadi.

 

    Boshqa yangiliklar