AsosiyJamiyat

Jarimaning 70%ni 1 oy ichida ixtiyoriy to`lagan huquqbuzar qolgan qism to`lovidan ozod etiladi

'Jarimaning 70%ni 1 oy ichida ixtiyoriy to`lagan huquqbuzar qolgan qism to`lovidan ozod etiladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati rahbari Feruz Jo`raev ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilindi. 

Qayd etilishicha, “Intellektual mulk ob`ektlari to`g`risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunga ko`ra:

-Sanoat mulki ob`ektlari to`g`risidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan jarimani to`lash tartibi belgilandi;

-Jismoniy shaxslar ham o`z nomiga tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazishlari  mumkinligi belgilandi;

-Intelektual mulk himoyasi borasida jarimalar miqdori oshirildi;

-Jarimaning 70%ni 1 oy ichida ixtiyoriy to`lagan huquqbuzar qolgan qism to`lovidan ozod etilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar