Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 390 990 703 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda.
Pandemiya boshlanganidan buyon 5 724 931 kishi vafot etgan.
Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 76 354 437 nafar, vafot etganlar soni 901 391 nafarni tashkil qildi.
Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 42,080,664 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 501 114 ni tashkil qiladi.
Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 26 326 454 kishi kasallangan, ulardan 631 265 kishi vafot etgan.






