AsosiySport

“Barselona” prezidenti Messi hech qaerga ketmasligini aytdi

“Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa etakchilari Lionel Me...

“Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa etakchilari Lionel Messi, Neymar va Luis Suares kataloniyaliklar safida qolishini aytib o`tdi.

“Ishonch bilan aytamanki, Messi, Neymar yoki Suares “Barselona”dan ketmaydi. Ular Kataloniyada o`zini baxtli his qilmoqda. Umuman olganda, bu erda to`p surayotgan har bir futbolchi ketish haqida o`ylamaydi. Hech kim menga ketish borasida murojaat qilmadi va hamma uchun xotirjamman. Messi bilan bir necha oy avval suhbatlashganimda, “Barselona” uning Evropadagi so`nggi klubi bo`lishini aytgandi. U Evropadagi faoliyatini aynan shu erda tugatmoqchi, – dedi Bartomeu.

Avvalroq, Neymar o`z faoliyatini “Real”da, Messi esa “Manchester Siti”da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


 

Boshqa yangiliklar