1

Ra`no Shodieva Turkiyada og`ir operasiyani boshdan kechirganini so`zlab berdi

Madaniyat 08.02.2022, 22:39
Ra`no Shodieva Turkiyada og`ir operasiyani boshdan kechirganini so`zlab berdi

Aktrisa Ra`no Shodieva Instagramda jonli efir vaqtida nima sababdan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini ma`lum qildi.

"Jigarimning 60 foizi olib tashlandi va sog`lom qismini qoldirishdi. Jigar bu – o`sadigan narsa. Uning olib tashlangan qismi Xudo xohlasa 1 yil ichida o`sib joyiga tushadi.

Amaliyot oson bo`lmadi, juda qiyin, mashaqqatli bo`ldi. Jigarning organizm ishida 300 ta funksiyasi bor, jigarda qon tomirlari ko`p. Ularning hammasini joy-joyiga qo`yib tikish kerak bo`ldi. 5 oydan beri Turkiyadaman. Hozir muolaja olyapman, kimyoviy davolanishdaman", dedi Ra`no Shodieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1