1

Toshkentning Eski shahar hududida art-rezidensiyalar yaratiladi

Madaniyat 10.02.2022, 11:50
Toshkentning Eski shahar hududida art-rezidensiyalar yaratiladi

Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi Toshkent shahrining tarixiy mahallalarini, ularning noyobligi va madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash bo`yicha o`z ishlarini davom ettirmoqda hamda Eski shahar hududida art-rezidensiyalar yaratish tashabbusini ilgari surmoqda.  Bu haqda jamg`arma axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, loyiha dizayn-konsepsiyasi jahon talablarini inobatga olgan holda Marokashdagi “Studio KO” me`morchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Ushbu loyiha Alisher Usmanovning “San`at, ilm va sport” hayriya jamg`armasi ko`magida amalga oshiriladi.  

Yurtimiz va chet elliklar ichun ijodiy maskanni tashkil etish bo`yicha poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan ikkita obekt tanlab olingan.

Birinchi obekt “Namuna” mahallasida joylashgan, an`anaviy me`moriy ko`rinishi saqlab qolingan hamda qayta ta`mirlangan “Matkarimboy” madrasasi bo`lib, ushbu manzil ijodiy maydon yaratish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi obekt esa eski bolalar bog`chasi – “Hast Imom” mahallasida joylashgan.

Toshkentdagi art-rezidensiyalar Zamonaviy san`at markazining ta`lim yo`nalishi uchun platforma, hamda mahalliy va xalqaro ijod vakillari o`rtasida hamkorlik uchun xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1