Energetika vazirligining qayd etishicha, bahor mavsumidagi kuchli shamollar ta`sirida uzilishlarni oldini olish maqsadida500 kVli elektr uzatish tarmoqlarida ta`mirlash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ta`kidlanishicha, bugun, 10 fevral kuni Farg`ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 500 kVli tarmoqlardan birida ta`mirlash ishlari yakunlandi.
"Ushbu elektr tarmoqlaridan ikkinchisida 11 fevralga o`tar kechasi, tunda soat 00:00 dan 04:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida ta`mirlash olib boriladi. Shu munosabat bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta`minotida qisqa muddatli (1 soatgacha) uzilishlar kuzatilishi mumkin",-deyiladi xabarda keltiriladigan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`rab.






