AsosiyJamiyat

5 oydan beri Hindistondagi qamoqxonada saqlanayotgan o`zbekistonlik ayol uni nimada ayblashayotganlarini tushunmayapti

O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Barno Jo`raeva besh oydan beri Hindistonda qamoqda o`tiribdi. U o`ziga nisbatan qanday ayblov ilgari surilayotganini tushunmayapti, deb yozadi “Novosti Uzbekistana” nashri Hindustan Times gazetasiga asoslanib, xabar bermoqda

Nashrning yozishicha, Barno Jo`raeva na ingliz tilini, na boshqa mahalliy tillarni bilmaydi. 

37 yoshli Barno Jo`raeva 5 oydan beri Hindistondagi Bhopal qamoqxonasida saqlanmoqda. 

Ayolning aytishicha, unga uyqu dori ichirib, qo`shni Nepaldan o`g`irlab kelishgan. Barno Jo`raeva birorta chet tilini bilmagani uchun o`ziga qo`yilayotgan ayblan nimadan iboratligiga tushunmayapti. 

Barno Jo`raeva o`tgan yilning 9 dekabrida mamlakat hududida vizasiz yashab kelgani uchun hibsga olingan edi. 

Nashrning yozishicha, o`tgan yilning 10 dekabridan beri Barno Jo`raeva ishi bo`yicha sakkiz marta sud bo`lib o`tgan. Ulardan birontasida ham o`zbek tilini biladigan tarjimon ishtirok etmagan.

O`zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ham Barno Jo`raeva haqida etarli darajada ma`lumotga ega emasligi aytilmoqda. Elchixona vakillari mahalliy polisiyadan bir necha bor ayblanuvchining pasport nusxasini ularga yuborishni so`ragan. Polisiya esa nusxani haligacha yubormagan. Buning sababi sifatida esa chet davlatlar elchixonalari bilan bevosita hamkorlik qilish polisiyaning vakolatiga kirmasligi ko`rsatilmoqda.


Boshqa yangiliklar