AsosiyJamiyat

Toshkentda bolani urib, unga tan jarohati etkazgan tarbiyachi ishdan bo`shatildi

'Toshkentda bolani urib, unga tan jarohati etkazgan tarbiyachi ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentdagi Mehribonlik uyida tarbiyachi bolani urib, tan jarohati etkazdi” sarlavhali xabar e`lon qilingan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi o`rganish olib bordi. Ishchi guruhiga bosh boshqarma boshlig`i Yashin Sultonov rahbarlik qildi.  Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati ma`lum qildi.

"O`rganish xulosasiga ko`ra, xabarda e`lon qilingan holat o`z isbotini topdi. Haqiqatan, tarbiyachi B.A. 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi M.A.ga nisbatan qo`pol muomalada bo`lgan va jismoniy kuch ishlatgani aniqlandi. Tarbiyachi B.A. bilan o`rnatilgan tartibda mehnat shartnomasi bekor qilinib, o`z vazifasidan ozod qilingan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda" - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar