AsosiyJamiyat

Namangan viloyati IIBga ham yangi boshliq tayinlandi

'Namangan viloyati IIBga ham yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Unga ko`ra, Rahmonov Shavkat Navruzovich Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Rahmonov Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida xizmat qilgan.  Kuni kecha Samarqand viloyati IIB boshlig`i lavozimiga Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat ko`rsatgan Rahmat Mamatov tayinlandi. Shuningdek, avvalroq, Polkovnik Jo`raev Muhitdin Utkurovich Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.  

    Boshqa yangiliklar