1

Poytaxtdagi Bobur ko`chasi veloyo`lak qurilayotgani sabab yopilishi mumkin

Jamiyat 14.02.2022, 14:54
Poytaxtdagi Bobur ko`chasi veloyo`lak qurilayotgani sabab yopilishi mumkin

Poytaxtimiz ko`chalarini tartibga keltirish va veloyo`laklarni yanada ko`paytirish maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko`chasida ham yo`l ta`mirlash ishlari boshlandi.

Hokimlik axborot xizmati xabariga ko`ra, rejaga muvofiq, Islom Karimov va Bobur ko`chasi kesishmasidan Bobur ko`chasi bo`ylab Bobur va Nukus ko`chalari kesishmasigacha bo`lgan oraliqda veloyo`lak barpo etiladi.  

Shuningdek, avtomobillar qatnov qismining o`rtasida bordyurlar bilan mustahkamlangan yashil maydonlar tashkil qilinadi. Ta`mirlash ishlari jarayonida qatnov qismining bitta yo`lagi qisman yopilishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1