AsosiyJamiyat

Aholiga 350 ming bosh qo`y va echkini tarqatishga 100 million dollar yo`naltiriladi

'Aholiga 350 ming bosh qo`y va echkini tarqatishga 100 million dollar yo`naltiriladi'ning rasmi

Bugun Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda davlat rahbari tomonidan o`n kun muddatda kooperasiya asosida aholiga 350 ming bosh qo`y va echkini tarqatish ishlarini boshlashga topshiriq berildi. Bunga 100 million dollar yo`naltiriladi.  

Soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qo`y va echkichilik xo`jaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qo`yilgan.

Viloyat hokimlari 2022 yilda qorako`lchilik, qo`ychilik, echkichilik va jun sanoatini rivojlantirish hisobiga 150 ming aholi bandligini ta`minlashi shartligi ko`rsatib o`tilgan.

Yil yakuniga qadar 123 ta yirik loyihani ishga tushirish, har bir klasterda kamida 500 boshli chorva komplekslari tashkil etilish choralari belgilab olindi.

Bunda, 500 gektar maydonda ozuqa ekinlarini almashlab ekishni yo`lga qo`ygan, 2021 yilda 1 ming boshga ega yirik chorvachilik kompleksini ishga tushirib, 2022 yil yakuniga qadar 400 tonna go`sht va 1,5 ming tonna sut ishlab chiqarishni rejalashtirgan Gurlandagi “Gurlan Baraka teks” klasteri namuna sifatida aytildi.

 

    Boshqa yangiliklar