AsosiyDunyo

2022 yil. Qirg`izistonda yana qurg`oqchilik bo`lishi ehtimoli bor, ular bunga qanday tayyorgarlik ko`rishmoqda?

'2022 yil. Qirg`izistonda yana qurg`oqchilik bo`lishi ehtimoli bor, ular bunga qanday tayyorgarlik ko`rishmoqda?'ning rasmi

Qirg`iziston Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi suv xo`jaligi departamenti boshlig`i Almazbek Sokaev, qishning qorsiz va iliq o`tayotganiga qisqacha ta`rif berdi: "Biz qurg`oqchilik bilan bog`liq eng yomon ssenariylarga tayyor turishimiz kerak."

Yaqin kunlarda Qirg`izgidromet bizga daryo va soylarimizda vegetasiya davrida hosil bo`ladigan suv oqimi prognozini beradi. Ammo, o`tgan 2021-yil kuz-qish mavsumida tog`larimizda biz kutgan qor qoplami to`planmadi. Masalan, o`tgan oktyabr oyida yog`in me`yordan 140-150 %ga ko`p yog`gan bo`lsa, afsuski, noyabr va dekabr oylari ancha quruq bo`ldi. Bu ikki oyda mos ravishda yog`inning 50 va 35 foizi kuzatildi.

Endi xizmat markazidan biz mart, aprel va may oylari uchun konsultativ yog`in prognozini kutyapmiz. Agarda, bu oylarda ham yog`in me`yordan kam yog`sa, tuproqlar etarlicha namlik to`plamaydi, bu kelayotgan yilimiz yana quruq bo`lishiga olib kelishi mumkin - deydi A.Sokaev.

Sokaev bu yil qurg`oqchilikka Qirg`iziston qishloq-xo`jaligi qanday tayyorgarlik ko`rayotgani haqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

O`zbekiston, Tojikiston, keyin yana O`zbekiston va Qozog`istondan oqib o`tadatigan Sirdaryo tranchegaraviy daryo oqimining yuqori suv hosil qilish irmoqlari qo`shni Qirg`iziston hududida joylashagani inobatga olinsa, yuqoridagi raqamalardan kelib chiqib, o`tgan yildagi kuz-qish mavsumida qirg`iz tog`larida me`yordan ancha kam qor yog`ganligi ayon bo`lmoqda.

Oldinroq, masofadan zondlash "MODSNOW" dasutriy mahsuloti ham Sirdaryoning yirik irmog`i Norin daryo havzasida qor qoplami me`yordan kam yig`ilgani to`g`risidagi ma`lumotni taqdim etgandi.

    Boshqa yangiliklar