1

Nogironligi bo`lgan shaxslarga bir xil miqdorda nafaqa tayinlanadi — Prezident Farmoni

Jamiyat 17.02.2022, 21:03
Nogironligi bo`lgan shaxslarga bir xil miqdorda nafaqa tayinlanadi — Prezident Farmoni

Nogironligi bo`lgan shaxslarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Moliya vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Farmonga ko`ra, endilikda nogiron bo`lib qolishi muddatidan qat`i nazar nogironligi bo`lgan shaxslarga bir xil miqdorda 622 ming so`mga teng nafaqa tayinlanib boriladi. Daslabki hisob-kitoblarga asosan 49 ming nafar nogironligi bo`lgan shaxslar uchun nafaqa 41 foizga oshadi.  

Nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdoridan past bo`lgan nogironlik pensiyalari miqdori 622 ming so`mgacha etkaziladi. Bunda nogironlik pensiyasini oluvchi 133 ming shaxslarning pensiya miqdori o`rtacha 29 foizga oshadi.

Doimiy parvarishga muhtoj bo`lgan 18 yoshgacha nogironligi bo`lgan bolalarni parvarish qiluvchi ona(ota)larga minimal iste`mol xarajatlardan kam bo`lmagan miqdorda (500 ming so`m) nogiron bola parvarishi uchun yangi nafaqa joriy etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1