1

Shavkat Mirziyoev "2022 yilgi Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida"gi qarorni imzoladi

Jamiyat 17.02.2022, 22:34
Shavkat Mirziyoev "2022 yilgi Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida"gi qarorni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoev «2022 yilgi Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Unga ko`ra, 2022 yilgi Navro`z umumxalq bayrami mamlakatimizda «Assalom, Navro`z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» degan bosh g`oya asosida umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanadi.

Navro`z (https://telegra.ph/file/19b534ac9045946693089.jpg) umumxalq bayrami Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida o`tkaziladi. O`z nabatida, Toshkent shahridagi «Yangi O`zbekiston» majmuasi alohida dasturlar asosidagi xalq sayillariga mezbonlik qiladi.

Fuqarolarga bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Mehr daftari»ga kiritilgan hamda ko`makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg`araz yordam berish tavsiya qilinadi.

Shuningdek, qarorda barcha tadbirlar karantin qoidalari va jamoat xavfsizligi talablariga qat`iy rioya qilgan holda o`tkazilishi belgilab qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1