1

Sirdaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik materiallar tarqatayotgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 18.02.2022, 12:39
Sirdaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik materiallar tarqatayotgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha Boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarning radikal g`oyalarini targ`ib qilib kelgan Sirdaryo tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro «A.X.» qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, «A.X.» “Telegram” messenjerida virtual guruh ochib, aqidaparastlikni targ`ib qiluvchi audio va video materiallarni joylashtirish orqali uni internet foydalanuvchilari orasida ommalashtirgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida «A.X.» ning yaqin tanishi, 1991 yilda tug`ilgan «G`.D.» ham aniqlanib, tergovga jalb etildi.

Mazkur shaxslarning uyali aloqa vositalari va yashash manzillaridan olingan daliliy ashyolar prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi hamda Sirdaryo viloyat IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «G» bandi (ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog`idan foydalanib sodir etilgan bo`lsa) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi va «A.X.» ga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1