Cog`liqni saqlash vazirligida “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi rektori Yuriy Levin boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Muloqot avvalida mazkur maktab faoliyati haqida tayyorlangan taqdimot namoyish etildi. Unda aytilganidek, “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi MDHdagi etakchi biznes o`quv muassasalaridan biri. Evropa menejmentni rivojlantirish jamg`armasining xalqaro akkreditasiyasiga ega.
Muassasadagi ta`lim tizimi biznesning barcha rivojlanish bosqichlarini qamrab oladi. Ular “bajarish orqali o`rganish” tamoyiliga asoslangan bo`lib, o`zida nazariya bloklari, amaliy topshiriqlar, loyiha ishi va xalqaro modullarni jamlagan.
Uchrashuvda mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimi kadrlarini “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabida o`qitish va mamlakatimizda ushbu maktab filialini ochish masalalari yuzasidan fikr almashildi.






