AsosiyJamiyat

Davlat tashkilotlarining huquqiy madaniyatni oshirish bo`yicha tadbirlari monitoring qilinadi

'Davlat tashkilotlarining huquqiy madaniyatni oshirish bo`yicha tadbirlari monitoring qilinadi'ning rasmi

“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash “Huquqiy targ`ibotni baholash tizimi” elektron portali orqali amalga oshiriladi.

Qaror bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to`g`risida nizomga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra:

davlat organlari va tashkilotlari – amalga oshirilgan huquqiy targ`ibot tadbirlari haqidagi ma`lumotlarni Portalga kiritadi;

Portal tomonidan ma`lumotlar avtomatik tahlil qilinadi hamda belgilangan mezonlar asosida baholanadi.

Adliya vazirligi huquqiy targ`ibot tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, tashkilotlar mas`uliyatini oshirish bo`yicha choralar ko`radi, baholash natijalarini OAVda yoritib boradi.

    Boshqa yangiliklar