Bugun, 18 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Komil Allamjonovning Toshkent shahar hokimi lavozimini egallashi kutilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov xabarlarga izoh berdi:
— Meni Toshkent shahriga hokim bo`lyapti, degan mish-mish gaplar kimga va nima uchun kerak bo`ldi, bilmadim.
Bunday fitnalar faqat ahmoqlardan chiqadi. Va ularning maqsadi toza emasligi aniq. Xudo insof bersin hammamizga.
P.S. Oldin ham aytganman, hozir ham aytaman — oson emas hokim bo`lish.






