O`zini o`zi mustaqil deb e`lon qilgan DXR rahbari Denis Pushilin Ukraina tomondan hujum bo`lishi xavfi yuqoriligi tufayli aholi Rossiyaga evakuasiya qilinishini aytdi.
Ayirmachilar rahbari Denis Pushilin evakuasiya uchun Rostov oblasti tanlanganini ma`lum qilgan.
Shuningdek, "Interfaks" manbasining xabar berishicha, DXR Rossiyaga bir necha yuz ming kishini evakuasiya qilmoqchi.
Ma`lumot uchun, kecha, 17 fevral kuni soat 7.30 dan (Kiev vaqti bilan 4.30) Kiev LXR va DXR aholi punktlarini minomyotlardan o`qqa tutgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Shundan so`ng, DXR Ukraina xavfsizlik kuchlari pozisiyalariga javoban o`t ochgan.
Bundan tashqari, bugun, 17 fevral kuni DXR janubidagi Kominternovo aholisi ertalab soat 6 da portlashlar yuz bergan. Qishloq tomon 22 ta granata otilgan.






