Shayxontohur tumani, Sebzor ko`chasidagi ko`prik ustida YTH yuz berdi. Ajablanarlisi, mazkur hodisa 3 mashina ishtirokida sodir bo`lgan. YHXBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 19 fevral kuni soat 22:40 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor ko`chasida, ko`prik ustida haydovchilar:
1) 1998 yilda tug`ilgan S.J. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli;
2) 2001 yilda tug`ilgan K.Q boshqaruvidagi "Spark" rusumli;
3) 2001 yilda tug`ilgan D.A. boshqaruvidagi "Lada Vesta" rusumli transport vositalari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan va zarb oqibatida "Matiz" va "Spark" rusumli avtomobillar ag`darilgan.
YTH natijasida "Spark" rusumli avtomobilning ikki nafar yo`lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
"Ayni vaqtlarda YPX xodimlari tomonidan hodisa joyida haydovchilar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan yo`llarda qoidalarga rioya qilib, avtomobil tezligini me`yordan oshirmasdan harakatlanishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.






