Xorazm viloyatida o`tkazilgan tekshiruvlar davomida, YPX xodimi tomonidan davlat raqam belgisi bo`lmagan "Malibu" avtomobili to`xtatilgan. Shundan so`ng, mashinadan yosh bolakay tushib keladi. Bola 18 yoshga kirganligini aytib, xodimni ishontirishga uringan, biroq tekshiruvlar davomida uning yoshi aslida 14da ekanligi, 2008 yilda tug`ilganligi ma`lum bo`ladi.
Shundan so`ng voqea joyiga bolaning otasi chaqirtirilgan.
YHXBBning ma`lum qilishicha, holat bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.
"Barcha ota-onalardan voyaga etmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini, e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz,-deyiladi boshqarm xabarida.