AsosiyJamiyat

Ayiq qafasidan omon qolgan qizaloq shifoxonadan uyiga qaytdi

'Ayiq qafasidan omon qolgan qizaloq shifoxonadan uyiga qaytdi'ning rasmi

28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent hayvonot bog`ida ona 3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabar bergan edik. 

Keyinchalik ushbu holat yuzasidan onaga nisbatan jinoyat ishi ochilgandi. 

Bir necha kundan keyin SSV qizchaning holati bo`yicha ma`lumot bergan hamda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi ham ona borasida o`z ma`lumotlarini taqdim qilgandi.

Toshkent hayvonot bog`i qizaloq va uning akasiga  bir umr bepul kirish imkoniyatini ta`minlashga qaror qildi. 

Sog`liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun barcha tibbiy ko`riklar ijobiy natija ko`rsatgani va bolaning ruhiy holati me`yorida ekani inobatga olinib, unga yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berildi. Qizaloq hozircha buvisining qaramog`ida bo`ladi.

Estatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan jajji bemor Z.A.ning 18 yoshga to`lguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipov shaxsan mas`ul etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar