AsosiyJamiyat

SSV: Xorijdan qaytgan o`zbek kardiojarrohi sakkiz oyda yuzdan ziyod murakkab operasiyada ishtirok etdi

'SSV: Xorijdan qaytgan o`zbek kardiojarrohi sakkiz oyda yuzdan ziyod murakkab operasiyada ishtirok etdi'ning rasmi

Jizzaxlik Sardor To`raqulov Qrim Federal universiteti qoshidagi tibbiyot akademiyasini tamomlagan. Keyinchalik Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazida klinik ordinatura bo`yicha tahsil olgan. O`qishni tamomlagach, o`tgan yili Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialida ish boshladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash qazirligi xabar berdi. 

— Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazi kardioxirurgiya sohasidagi dunyoning eng yirik ilmiy muassasalaridan biri sanaladi, — deydi S. To`raqulov. — Ochiq yurakda o`tkaziladigan operasiyalar soni bo`yicha ham Evropada etakchi o`rinni egallaydi. Bu erda kardioxirurgiyaning eng cho`qqisi hisoblangan aortaning chiqish joyi bilan ishlash bo`yicha katta tajriba to`pladim.

O`qishni tamomlagach, 45 nafar talaba orasida faqat mengagina ushbu markazda ishlash taklifi berildi. Ammo Vatanimga qaytish, olgan bilimlarimni xalqimiz salomatligi yo`lida sarflashga qaror qildim. Boshida biroz ikkilanish va hadik bor edi. Biroq keyinchalik bu eng to`g`ri qaror bo`lganini tushunib etdim.

S. To`raqulov O`zbekistonga qaytgach, o`tgan yilning iyun oyidan beri 100dan ziyod murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarida ishtirok etdi.

— Rossiyada o`qib yurgan kezlarim mamlakatimizdan borgan juda ko`p bemorlar bilan suhbatlashganman, — deydi S. To`raqulov. — O`shanda “bunday imkoniyatni mamlakatimizda ham yaratsa bo`ladi-ku” degan xayol ko`p o`tgan. Shu sababli kardioxirurgiyani u erda mukammal o`rganib, O`zbekistonda rivojlantirishni maqsad qilganman.

Jizzaxdagi faoliyatim davomida ushbu orzularim asta-sekin ushalmoqda. Eng asosiysi, endi yurtdoshlarimizning kardiologiya bo`yicha chet elga borib davolanishlariga hojat yo`q. Sababi mamlakatimizda buning uchun sharoit va imkoniyatlar etarli.

    Boshqa yangiliklar