AsosiyMadaniyat

“Yangi O`zbekiston kinosolnomasi” nomli oylik kinojurnal yaratildi

'“Yangi O`zbekiston kinosolnomasi” nomli oylik kinojurnal yaratildi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan “Yangi O`zbekiston kinosolnomasi” deb nomlangan hujjatli xronikal filmlardan iborat oylik kinojurnal yaratilmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, mazkur kinojurnal hujjatli filmlar ishlab chiqarish industriyasini takomillashtirish maqsadida 13 daqiqadan iborat bo`lib, har oyda tayyorlanadi.

Kuni kecha, 21 fevral kuni “Xronika” maxsus guruhi tomonidan Samarqand shahridagi Xalqaro turistik markazda jurnalning birinchi sonini suratga olish ishlari bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar