AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning 4 ta viloyatida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Ertaga O`zbekistonning 4 ta viloyatida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 24 fevral kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar