Voqea Berlin supermarketlaridan birida u xarid qilishga kirganida yuz bergan deya xabar bermoqda "Zamon"nashri.
Polisiya 67 yoshli ayoldan shikoyat tushganini tasliqlagan, ammo ish bo`yicha ma`lumotlarni sir saqlamoqda.
Xabar qilinishicha, Angela Merkel kamida bir nafar soqchi hamrohligida Sharlottenburg tumanidagi supermarketgan kirgan. Shopping qila turib u o`z sumkasini savatga osgan. Faqat to`lov uchun kassaga kelgandagina Merkel sumkasidangi hamyoni yo`qolganini sezgan. Hamyonda puldan tashqari sobiq kanslerning hujjatlari va bank kartalari ham bo`lgan. Ma`lum qilinishicha, soqchilar sobiq kanslerni himoya qila olmagan.
Polisiya do`kondagi kuzatuv kameralari yozuvini ko`rib chiqdi, ammo jinoyatchi professional harakatlanib yuzini berkita olgan.
Ma`lumot uchun: Qariyb 16 yil Germaniya kansleri lavozimida faoliyat yuritgan Angela Merkel hozirda 15 ming evro pensiya oladi.






