Gilzenkirxenning "Shalke-04" klubi Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan kelishuvni bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, klub direktorlar kengashi yig`ilishida ushbu qaror qabul qilingan. Tez orada klub shartnomani buzish bo`yicha rasmiy munosabat bildiradi.
Ma`lumot uchun, "Gazprom" 2007 yildan buyon "Shalke" homiysi hisoblanadi.






