Moskvaning "Spartak" Evropa ligasidan chetlatiladi. Bu klub Rossiyaning evrokuboklardagi yagona vakili hisoblanadi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yakuniy qaror bugun rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.
"Spartak" Evropa ligasi 1/8 finali qur`asida Germaniyaning "Leypsig"ga qarshi o`ynashi kerak. Biroq Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan harbiy yurishi tufayli UEFA klubni musobaqadan chetlatishi mumkin.
“Biz assosiasiyalar bilan yaqin aloqadamiz va UEFA hamda ularning qarorlariga to`liq ishonamiz. O`yinlar bekor qilinadi deb o`ylaymiz", - dedi Leypsig prezidenti Oliver Mintslaff.
Ma`lumot uchun, "Spartak" 10 mart kuni Germaniyada o`ynashi hamda javob o`yini bir haftadan so`ng neytral maydonda bo`lib o`tishi lozim edi.






