Parlament majlisi raisi Erlan Koshanov partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida tegishli taklif bilan chiqdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
"Partiyamiz mamlakatda ro`y berayotgan o`zgarishlar markazida turibdi. Ochig`ini aytganda, mamlakat bilan birga partiya ham yangilanishi kerak. Tashkilot faoliyatini yangicha mazmun bilan to`ldirish uchun zarur o`zgarishlar qilish kerak. Shu munosabat bilan biz partiyaning mohiyati va nomini o`zgartirishni to`g`ri deb hisoblaymiz. Qozog`istonning hukmron partiyasini ajdodlarimizga hurmat sifatida "Amanat" deb atash kerak, degan fikrdamiz. Partiya nomini «Amanat» deb o`zgartirishni taklif qilamiz", dedi Koshanov bugungi qurultoyda.
O`z navbatida, Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev "Amanat" nomi ma`qul bo`lganini bildirdi.
"Birinchi prezident tomonidan tuzilgan Nur Otan partiyasi davlat qurilishida muhim rol o`ynadi. Qozog`istonni mustahkamlash vazifalarini amalga oshirish uchun jamiyatni birlashtirdi. Kelajak haqida gapirganda, uning o`tmishdagi xizmatlarini unutmasligimiz kerak. Ammo vaqt bir joyda turmaydi. Hal qilinishi kerak bo`lgan yangi vazifalar bor", dedi To`qaev.






