Ukraina sharqida rossiyaparast separatistlar nazoratidagi tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi Xalq milisiyasi 15 ta aholi punkti egallanganini ma`lum qildi.
“Xalq milisiyasi hududlarni “ozod qilish”ni davom ettirmoqda. Mudofaa idorasining bo`linmalari Putilino, Artema, Shirokiy Shulginka, Teploe, Nijneteploe, Verxneteploe, Plotina, Petrovka, Baxmutovka, Gerasimovka, Malina, Nijnyaya Olxovaya, Verxnyaya Olxovaya, Kamishnoe aholi punktlarini Ukrain qurolli tuzilmalaridan “ozod qildi”, deyiladi xabarda.






