AsosiyJamiyat

​​Ukrainadan evakuasiya qilingan fuqarolarimizni O`zbekistonga olib kelish uzluksiz ravishda davom etmoqda

'​​Ukrainadan evakuasiya qilingan fuqarolarimizni O`zbekistonga olib kelish uzluksiz ravishda davom etmoqda'ning rasmi

Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat tufayli O`zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan evakuasiya qilish hamda ularni vatanga olib kelish bo`yicha davlatimiz rahbarining topshirig`iga asosan, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan zarur choralar ko`rilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, ayni damda Polsha hududiga evakuasiya qilingan fuqarolarimiz havo qatnovi orqali mamlakatimizga olib kelinmoqda. Toshkent – Katovise – Toshkent yo`nalishida kuniga ikkitadan maxsus aviaqatnovlar tashkil etilmoqda.

Maxsus aviareyslar “Uzbekistan Airways” AJning Boeing 767 rusumidagi samolyotlarida bajarilmoqda. Ushbu maxsus aviaqatnovlarning bajarilish vaqtlari esa mamlakatimiz fuqarolarini Polsha hududiga olib o`tish va to`plash bilan bog`liq vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanmoqda.

Joriy yilning 28 fevral hamda 1 mart kunlari amalga oshirilgan ikkita maxsus reyslar orqali jami 509 nafar mamlakatimiz fuqarolari O`zbekistonga olib kelindi.

Ayni damda uchinchi maxsus aviareys bilan yana 253 nafar fuqarolarimiz Polshadan olib kelinmoqda .

    Boshqa yangiliklar