AsosiyJamiyat

Tuzilgan yangi qo`mita Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hamda “Ayollar daftari” jamg`armasini o`zi boshqaradi

'Tuzilgan yangi qo`mita Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hamda “Ayollar daftari” jamg`armasini o`zi boshqaradi'ning rasmi

Biroz avval O`zbekistonda Xotin-qizlar va oila ishlari qo`mitasi tashkil etilgani va unga To`raqo`rg`on tumani hokimi Zulayho Mahkamova qo`mita raisi etib ma`qullangani haqida xabar  bergan edik. Davom etayotgan davlat rahbari raisligidagi yig`lishda Prezident xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash sohasining yangi tizimini belgilab berdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

“Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash masalasini eng muhim yo`nalishlardan biri sifatida bejizga belgilamadik.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini tizimli tarzda har bir mahalla kesimida amalga oshirishni ta`minlash maqsadida bugun Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasini tashkil etish bo`yicha Farmonni imzoladim".

Qo`mita rahbari lavozimiga ayollarning muammolari, dardu-tashvishi bilan yaqindan tanish va ularni hal qilish bo`yicha katta tajribaga ega bo`lgan To`raqo`rg`on tumani hokimi Zulayho Baxriddinovna Mahkamova tayinlandi.

Yangi Qo`mita raisi Mahkamova ayni paytda Bosh vazir o`rinbosari va Senat a`zosi sifatida faoliyat yuritadi.

Joylarda qo`mitaning viloyat, tuman va shahar rahbarlari esa hokim o`rinbosari bo`ladi.

Yangi qo`mita Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hamda “Ayollar daftari” jamg`armasini o`zi boshqaradi.

    Boshqa yangiliklar