Yaponiyada “Maxsus malakali ishchi” maqomida ishlash ruxsatini beruvchi vizani olishga zarur bo`lgan sertifikatni qo`lga kiritish uchun test sinovlari kuni ma`lum bo`ldi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Test sinovlari 9 mart kunidan boshlab Yaponiya mutasaddi vazirlik va idoralari tomonidan O`zbekistonda o`tkazilishi ma`lum qilingan.
Bunda test sinovlarida ishtirok etish uchun 4 mart kuni onlayn ro`yxatdan o`tish talab etiladi.






