AsosiyJinoyat

Toshkentdagi "Qo`yliq" er osti yo`lida talonchi to`da 17 yoshli yigitni tunab ketishdi

'Toshkentdagi "Qo`yliq" er osti yo`lida talonchi to`da 17 yoshli yigitni tunab ketishdi'ning rasmi

2022 yil 24 fevral kuni soat 23:30larda 4 nafar noma`lum shaxslar Toshkent shahar “Qo`yliq bozori” hududidagi er osti yo`lidan o`tib ketayotgan Samarqand viloyatida yashovchi 17 yoshli yigit to`xtatishib, unga tahdid qilishib, cho`ntagida bo`lgan bahosi 1.300.000 so`mlik “RedMi” rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa sodir bo`lgan joydan yashirinishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat muqaddam sudlanganlar 23 yoshli J.R. (erkak), 28 yoshli B.A. (erkak), 26 yoshli B.H. (ayol) hamda 18 yoshli Q.M.lar (ayol) tomonidan sodir etilganligi, talonchilik yo`li bilan bilan qo`lga kiritgan “RedMi” rusumli uyali telefon apparatini esa Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan “Qo`yliq” bozorida o`zlariga notanish bo`lgan fuqaroga 350.000 so`mga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar