AsosiyJinoyat

Farg`onada tadbirkorga imtiyozli kredit olib bershni va`da qilgan bank xodimi ushlandi

'Farg`onada tadbirkorga imtiyozli kredit olib bershni va`da qilgan bank xodimi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati Quva tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan 27.02.2022 yilda o`tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakat aniqlandi.

Xabarga ko`ra, “Mikrokreditbank” ATBning Farg`ona viloyati mintaqaviy filiali etakchi mutaxassisi A.S. “Z.S.” MChJ rahbari B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 30 mln so`m evaziga Farg`ona shahridagi tijorat banklaridan 1 mlrd so`m imtiyozli kredit olib berishni va`da qilgan.

Mutaxassis oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar