AsosiyJamiyat

Urush bo`layotgan hududdan poezdda o`tib ketdik, ovozini eshitdik — Ukrainadan qaytgan fuqaro

'Urush bo`layotgan hududdan poezdda o`tib ketdik, ovozini eshitdik — Ukrainadan qaytgan fuqaro'ning rasmi

Avvalroq, kecha, 2 mart kuni "Uzbekistan Airways" AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovise aeroporti orqali Ukrainadan evakuasiya qilingani haqida xabar bergan edik. Ular orasida 129 ayollar, 82 bolalar va 14 chaqaloqlar bor ekani ma`lum qilingandi.

Darakchi nashri muxbirlari evakuasiya qilingan yurtdoshlarimizning fikri bilan tanishdi. 

—Hammasi yaxshi bo`ldi. Qiynalmadik. Elchixonadagi akaxonlarga raxmat. Ukrainaning Kiev shahridan kelyapmiz. Urush bo`layotgan hududdan  poezdda o`tib ketdik, ovozini eshitdik. Birinchi bo`lib O`zbekistonliklar evakuasiya qilindi. Prezidentimizga katta rahmat, — deydi fuqaro.

 

    Boshqa yangiliklar